AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati hokimiga tegishli tahdidli audioyozuvdagi holatlar bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi

'Farg`ona viloyati hokimiga tegishli tahdidli audioyozuvdagi holatlar bo`yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi'ning rasmi

Joriy yilning 10 dekabr kuni Internet nashrlarida Farg`ona viloyati hokimi, senator Sh.G`anievga tegishli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar bo`yicha Bosh prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoshohbekati yonidagi avtomobil yo`lida to`planib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz ta`minotida uzilishlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

Viloyat hokimligida o`tkazilgan selektor yig`ilishida Sh.G`aniev Quva tumanidagi holat bo`yicha tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan chetga chiqib, tahdidiy va qo`pol so`zlar ishlatgan. Ushbu holat noma`lum shaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.

Tergovga qadar tekshiruvda joriy yilning 2 dekabr kuni bo`lib o`tgan selektor yig`ilishida Sh.G`aniev tahdidiy va qo`pol so`zlarni ishlatganligi aniqlandi. 

Sh.G`anievning so`zlarida inson hayotiga va sog`lig`iga tajovuz qiladigan real tahdid, ya`ni ularni amalga oshirilishidan xavfsirash uchun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-prosessual kodeksi talablari asosida jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilindi.

Biroq, Sh.G`aniev davlat hokimiyati va boshqaruvi organi mansabdor shaxsi bo`la turib, Davlat boshqaruviorganlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini ko`rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi.

    Boshqa yangiliklar