“Telegram” ijtimoiy tarmoqlarida e`lon qilingan “Buxoro shahar Navoiyshoh ko`chasining serqatnov qismida ikkita yo`lovchi tashish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Mana yarim soat bo`lsa ham YPX xodimidan darak yo`q” sarlavhali maqola tarqalgan edi. Ushbu xabar bo`yicha IIB quyidagilarni ma`lum qildi.
2019 yil 16 dekabr kuni soat 13.15 larda Buxoro shahar Sheyxon ko`chasida yashovchi, 1992 yilda tug`ilgan fuqaro X.R.Shirinov o`z boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli, 80 646 JBA davlat raqam belgili, “MiraMax” transport uyushmasiga qarashli, 37-yo`nalishli avtobus bilan Buxoro shahar Navoiy shoh ko`chasi bo`ylab harakatlanib, Buxoro davlat universiteti yotoqxonasi qarshisidagi piyodalar o`tish joyiga etganda, Buxoro shahar Ruxshobod ko`chasida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan fuqaro Q.Sh.Radjabov boshqaruvidagi “Aziya Star” rusumli, 80 823 JBA davlat raqam belgili, “Alixan Trans” transport uyushmasiga qarashli, 10-yo`nalishli avtobus bilan bir yo`nalishda yonma-yon harakatlanib, o`zaro qisilganligi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir etgan. Yo`l transport hodisasi natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Amaldagi yo`l harakati qoidalarining 14-bandida: “Agar yo`l-transport hodisasida shikastlanganlar bo`lmasa va haydovchilar hodisaga baho berishda o`zaro kelisha olsalar, dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi DYHHX maskani yoki IIOga borishlari mumkin”ligi ko`rsatib o`tilgan. Ushbu vaziyatda avtobus haydovchilar o`zaro kelisha olmasdan, 20-30 daqiqacha muammoni muhokama qilishgan. Shunda yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan hududda xizmat olib borayotgan viloyat IIB PPX xodimi safdor D.To`ymurodov va Milliy gvardiya xodimi S.Azimovlar voqeaga aralashib, YHXB xodimlarini chaqirishgan.
Buxoro viloyati IIB YHXB tomonidan tasdiqlangan dislokasiyaga asosan Buxoro shahar “Navoiy shoh” hamda “Muhammad Iqbol” ko`chalari kesishgan chorrahada harakat xavsizligini ta`minlash bo`yicha doimiy ravishda YPX xodimi xizmat olib boradi. (yo`l transport hodisalarini rasmiylashtirish hududiy YHXB surishtiruv bo`limi, guruhi xodimi tomonidan amalga oshiriladi)
Chaqiruvga asosan hodisa joyiga etib kelgan Buxoro shahar IIO FMB YHXB katta inspektori kichik serjant Sh.Shoximov tomonidan mazkur yo`l transport hodisasi bo`yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda yo`l transport hodisasining kelib chiqish sabablari, tomonlarning aybdorlik darajasi va etkazilgan zararni aniqlash bo`yicha tegishli ekspertizalar tayinlanib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






