AsosiyJamiyat

Prezident Qarori: 1 fevraldan ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar oshiriladi

'Prezident Qarori: 1 fevraldan ish haqi, pensiyalar va stipendiyalar oshiriladi'ning rasmi

2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi. 

Bu O`zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida”gi qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarorida belgilangan.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so`m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so`m;

eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so`m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so`m;

zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so`m;

Qarorda soliqlar, yig`imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko`rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug`ullanish uchun patent (lisenziya) to`lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to`lovlar miqdorini aniqlashda qo`llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so`m o`zgarishsiz qoldirildi.

 

    Boshqa yangiliklar