O`zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida 2019 yil davomida bir qator islohotlar amalga oshirildi, harbiy xizmatchilar tomonidan xalqaro maydonlarda yuksak natijalar qayd etildi.
O`zbekiston Mudofaa vazirligi yil davomida erishilgan eng muhim yutuqlar ketma-ketligini taqdim etdi.
1. Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlarning oliy ta`limgacha muassasalari o`rtasida ilk bor o`tkazilgan xalqaro olimpiadada O`zbekiston «Temurbeklar maktabi» o`quvchilari 2-o`rinni egalladi.
2. Mudofaa vazirligi qo`shinlarida muddatli harbiy xizmatni o`tagan 1239 nafar askarga imtiyozli kreditlar ajratildi.
3. Harbiy sohada maxsus tibbiy ko`rik bosqichlari ikki barobarga qisqaradi.
4. O`zbekiston Prezidentining qaroriga asosan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil qilindi.
5. O`zbekiston Qurolli Kuchlari Axloqiy-ruhiy ta`minot konsepsiyasi tasdiqlandi.
6. Mudofaa vazirligi qo`shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va rasionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida ilk bor “TECHNO DISCOVERY – 2019” festivali o`tkazildi.
7. Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan 200 dan ortiq harbiy sozandalar «Yoshlar kuni»ga bag`ishlab Xalqlar do`stligi maydonida orkestrlar festivalini o`tkazdi.
8. O`zbekiston armiyasining jangovar samardorligi 10-12 foizga, jangovar qudrati qariyb ikki barobarga oshdi.
9. Kattaqo`rg`onda O`zbekiston Mudofaa vazirligi tizimidagi eng katta harbiy poligon qurib, foydalanishga topshirildi.
10. “Xalqaro armiya o`yinlari – 2019”ning «Tank biatloni» yo`nalishi bo`yicha ilk bor ishtirok etgan o`zbekistonlik harbiy xizmatchilar eng yaxshi natijani qayd etib, g`alabaga erishdi. Shuningdek, “Forish” poligonida o`tkazilgan “Harbiy-tibbiy estafeta”da ham hamyurtlarimiz birinchilikni qo`lga kiritdi.
11. O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Rossiya Federasiyasida o`tkazilgan «Markaz – 2019» xalqaro o`quv-mashg`ulotida qatnashdi.
12. O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida zamonaviy harbiy mojarolarga bag`ishlangan birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi.
13. O`zbekiston harbiylari Angliyada o`tkazilgan xalqaro «Kembriya patruli» tanlovida 1-o`rinni qo`lga kiritdi.
14. Rossiya harbiy akademiyasida O`zbekiston armiyasiga bag`ishlangan maxsus burchak paydo bo`ldi.
15. O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSh harbiy xizmatchilari (Missisipi, AQSh) o`rtasida har yili an`anaviy ravishda o`tkaziladigan «Eng yaxshi jangchi» harbiy tanlovida ishtirok etib, o`z toifalarida 1-o`rinni qo`lga kiritdi.
Ma`lumotlar Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti tomonidan taqdim etildi.






