Buxoro joriy yil 1 yanvardan e`tiboran Islom madaniyati poytaxti unvonini qabul qilib oldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo`mitasi xabar bermoqda.
Islom hamkorlik tashkiloti har yili musulmon mamlakatlaridagi 3 ta shaharni Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qiladi. Ularning biri arab davlatlari, boshqasi Osiyo va uchinchisi Afrika musulmon mamlakatlaridagi shaharlardir.
Tashkilot madaniyat vazirlari IX Islom konferensiyasi tomonidan 2020 yilda Buxoro, Qohira (Misr) va Bamako (Mali) shaharlari Islom madaniyati poytaxtlari sifatida tasdiqlangan.






