AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati “Oltin halqa” asosida rivojlantiriladi

'Toshkent viloyati “Oltin halqa” asosida rivojlantiriladi'ning rasmi

Toshkent viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko`paytirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy aholi daromadini oshirish maqsadida Bo`stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo`ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida zarur infratuzilma shakllantiriladi. 

Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to`g`risida”gi 1053-sonli qarorida (2019 yil 31 dekabr) shu haqida so`z yuritiladi.

Hujjatga ko`ra, Toshkent viloyatidagi har bir tuman o`ziga xos bo`lgan turistik mahsulotlarni ishlab chiqib, turizmning alohida yo`nalishlarini rivojlantirib boradi.  

 

Masalan, Bo`stonliq tumani "Chorvoq” erkin turistik zonasi, Ugam-Chotqol milliy bog`i, “Chorvoq” suv omboriga ega, hududda turizmning barcha  yo`nalishlarini rivojlantirish imkoniyati mavjud; Parkent tumani – tog` oldi hududi hisoblanib, tabiati go`zal, hududning ziyoratgohlari, agroturizm maskanlari, mazali ovqatlanish shoxobchalari mavjud; Zangiota tumani - tarixiy hudud, u ziyorat turizmi ob`ekti bo`lgan “Zangiota” majmuasi, hunarmadchilik markazlari, savdo majmualariga ega; Ohangaron tumani tarixiy manzilgohlar, madaniy meros ob`ektlariga boy, sanoat turizmi yunalishi bo`yicha turizm namoyishi ob`ektlariga ega; Bo`ka tumanining gastronomik turizm yo`nalishida o`ziga xos turistik ob`ektlari mavjud; Chinoz tumani Toshkent va vohani bog`lovchi asosiy magistral yo`l bo`yida joylashgan bo`lib, agroturizm, gastronomik turizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega; Angren shahri sanoat shahri ekanligi bilan mashhur, Yangiobod va Lashkarak hududlarining tabiati go`zal, sayyohlarga xizmat ko`rsatuvchi yo`lbo`yi ovqatlanish shoxobchalari bor.

 

Ta`kidlash joizki, mazkur konsepsiya doirasida dastlab turizm salohiyati yuqori bo`lgan Bo`stonliq, Parkent, Zangiota, Ohangaron, Bo`ka, Chinoz tumanlari va Angren shahri qamrab olinadi, keyinchalik esa viloyatning boshqa hududlariga ham tatbiq qilinadi.

Mazkur qarorning imzolanishi esa navbatdagi va`daning ustidan chiqilganidan dalolat beradi.

“Oltin halqa” konsepsiyasi quyidagi vazifalar ijrosini nazarda tutadi:

Zangiota - Chinoz - Bo`ka - Ohangaron - Angren - Parkent - Bo`stonliq yo`nalishida turizm marshrutlari va yo`l ko`rsatkich xaritalarini ishlab chiqish;

Hududlardagi turistik ob`ektlarni xatlovdan o`tkazish, ob`ektlarning barcha ma`lumotlarini o`z ichiga olgan pasportlarini tayyorlash, har bir turizm ob`ektida xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash bo`yicha yo`l xaritalarini ishlab chiqish;

Turizm marshrutlaridagi mavjud yo`lbo`yi infratuzilmalarini xatlovdan o`tkazish, ularda xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash choralarini ko`rish, yangi tashkil etish zarur bo`lgan yo`lbo`yi infratuzilmalarini joylashtirish manzillarini belgilash va namunaviy loyihalarini tayyorlash;

Turizm marshrutlarida yangi turizm ob`ektlarini tashkil etish yuzasidan jahon tajribasini o`rganish, yangi turizm ob`ektlarini barpo etish manzillarini aniqlash, namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

Turizm marshrutlarida alohida “Oltin halqa” yo`nalishli taksilar, zamonaviy engil avtomashinalar, mikroavtobuslar va avtobuslar qatnovini tashkil kilish;

Konsepsiya doirasida hududlarning yo`l infratuzilmasini yaxshilash choralarini ko`rish;

Hududlarda turistlar uchun milliy urf-odatlarni namoyish etuvchi madaniy-ko`ngilochar tadbirlar dasturini ishlab chiqish va doimiy ravishda tashkil etish;

Har bir hududning milliy choyxonalarini tashkil etish;

Hunarmandchilikni rivojlantirish, turistlar uchun esdalik sovg`alari tayyorlashni yo`lga qo`yish, hunarmandlarning uy-muzeylarini tashkil etish;

Oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish bo`yicha tushuntirish ishlari olib borish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish;

“Oltin halqa” turizm konsepsiyasi doirasida Toshkent viloyatining turizm salohiyatini targ`ib qilish bo`yicha videoroliklar, qo`llanmalar, yo`l ko`rsatkichlar, reklama-targ`ibot materiallari tayyorlash va tarqatish;

Turizm ob`ektlarida xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash bo`yicha sohada faoliyat yuritayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar xodimlari uchun maxsus o`quv kurslarini tashkil qilish.

Podrobnee: https://uzbektourism.uz/cyrl/newnews/view?id=954

 

    Boshqa yangiliklar