AsosiyJamiyat

Raqamlar yangilandi: O`zbekistonda 1 yanvar kuni tug`ilganlar soni o`tgan ikki yildagi ko`rsatkichni ortda qoldirdi

'Raqamlar yangilandi: O`zbekistonda 1 yanvar kuni tug`ilganlar soni o`tgan ikki yildagi ko`rsatkichni ortda qoldirdi'ning rasmi

2020 yilning 1 yanvar kuni, soat 18 00 holatiga ko`ra, mamlakatimizda 1111 nafar chaqaloq tug`ilgan edi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra esa yangi yilning ilk kuni davomida 1974 nafar chaqaloq dunyoga kelgan, deya xabar berdi SSV. Bu  so`nggi uch yildagi eng yuqori ko`rsatgich hisoblanadi. Chunki, 2018 yilning xuddi shu kuni bu boradagi ko`rsatkich 1961 nafar, 2019 yilning 1 yanvar kuni esa 1708 nafarni tashkil etgan edi.

2020 yilning 1 yanvar kuni tug`ilgan chaqaloqlarning 970 nafari qiz, 1004 nafari esa o`g`il bola bo`lib, eng ko`p bola Samarqand viloyatida (235 nafar), ikkinchi o`rinda Andijon viloyati  (212 nafar) va uchinchi o`rinda esa Farg`ona viloyati (196 nafar)da tug`ildi. Shuningdek, yangi tug`ilgan chaqaloqlar  reytingining so`nggi o`rinlaridan Navoiy viloyati 46 nafar, Sirdaryo viloyati 51 nafar va Jizzax viloyati  75 nafar ko`rsatkich bilan joy olishdi. Dunyoga kelgan chaqaloqlarning 10 nafarini egizaklar tashkil qiladi. 

Yurtimizda shu kunlari bayram munosabati bilan davom etayotgan dam olish  kunlarida yurtimizdagi mavjud 218 ta tug`ruq kompleksida 2593 nafar tibbiyot xodimlari, jumladan, 389 nafar akusher ginekolog, 276 nafar neonatolog, 1928 nafar doya va hamshiralar tunu kun faoliyat ko`rsatishmoqda.

    Boshqa yangiliklar