AsosiyJamiyat

Toshkent tumanida mast haydovchi urib qochib ketgan piyoda vafot etdi

'Toshkent tumanida mast haydovchi urib qochib ketgan piyoda vafot etdi'ning rasmi

2019 yil 1 yanvar kuni soat 05:30 larda, Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida, haydovchi Toshkent tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan A.Z. “Mersedes-Bens” rusumli avtomobilini mast holda boshqarib, YTH sodir etdi. 

Shirakayf haydovchi yo`l chetidagi piyoda — Toshkent tumanida yashagan, 1977 yilda tug`ilgan P.D.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda P.D. voqea joyida halok bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida haydovchi Z.A. aniqlanib, shu kuni ushlangan. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra yo`l-transport hodisasi haydovchining spirtli ichimlikdan mast holda avtomobil boshqarishi, qalin tumani tushganligi sababli piyodani ko`rmay qolishi oqibatida sodir bo`lgan.

Mazkur holat bo`yicha Toshkent tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Hurmatli haydovchilar, mast holda avtomobil boshqarmang, bu o`zingiz va o`zgalar hayotiga jiddiy zarar etkazishi mumkin.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish vaqtida, yo`l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo`nalishidagi ko`rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishni unutmang!” — deya ogohlantirmoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar