1

O`qituvchilik kasbini egallamoqchi bo`lganlar uchun yangi imkoniyat yaratildi

Jamiyat 03.01.2020, 15:15
O`qituvchilik kasbini egallamoqchi bo`lganlar uchun yangi imkoniyat yaratildi

2020 yilning 1 fevral kuniga qadar Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi barcha umumiy o`rta ta`lim maktablarida “Yosh o`qituvchilar klubi” faoliyati yo`lga qo`yiladi. 

“Yosh o`qituvchilar klubi” o`quvchilarning dars mashg`ulotidan keyingi bo`sh vaqtini unumli tashkil etish, pedagogika sohasiga qiziqqan o`quvchi-yoshlarni maqsadli tarbiyalash, ularni seleksiya qilish, o`qituvchilik kasbini sharaflash hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalashga ko`maklashishga xizmat qiladi.

Klubga 8-11-sinfda tahsil olayotgan kelajakda o`qituvchilik kasbini egallamoqchi bo`lgan (o`zini yosh o`qituvchi sifatida sinab ko`rish istagidagi) o`quvchilar a`zo bo`lishi mumkin.

Klub a`zosi o`zini yosh o`qituvchi sifatida sinab ko`rish uchun bitta fanni tanlaydi va umumiy o`rta ta`lim maktabining o`sha fan o`qituvchisiga “Ustoz-shogird” an`anasiga muvofiq biriktiriladi. O`zi tanlagan fani bo`yicha biriktirilgan o`qituvchi bilan shug`ullanadi. Shu bilan birga klub a`zosiga haftada ikki kun (maxsus jadval asosida) dars mashg`ulotlaridan so`ng umumiy o`rta ta`lim maktabining ajratilgan sinfxonasida o`zi tanlagan fani bo`yicha yosh o`qituvchi sifatida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida (o`zi bilganlarini tengdoshlariga o`rgatgan holda) mashg`ulotlar olib borish imkoniyati beriladi.

Kelajakda o`qituvchilik kasbini egallamoqchi bo`lgan o`quvchilar “Yosh o`qituvchilar klubi” - bu Sizning maqsadingiz sari etaklovchi yangi imkondir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1