1

8 yanvardan poytaxtda “Fayzli Toshkent” aksiyasi boshlanadi

Jamiyat 03.01.2020, 15:33
8 yanvardan poytaxtda “Fayzli Toshkent” aksiyasi boshlanadi

Toshkent shahar hokimligida poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasini tashkil qilishga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.

Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjaev yig`ilish ishtirokchilarining e`tiborini shahrimizning sanitar holatiga qaratdi. Poytaxtimizda obod manzillar tobora ko`payib borayotgan bir paytda, umuman qarovsiz hududlar ham borligini qayd etib, “Fayzli Toshkent” aksiyasini o`tkazish orqali yaqin ikki oy muddatda shahar miqiyosida nihoyatda keng ko`lamli tozalash va obodonlashtirish tadbirlari olib borilishini ma`lum qildi.

Aksiyaga Obodonlashtirish bosh boshqarmasining ming nafar ishchi-xizmatchilari jalb etilishi rejalashtirilgan.

Aksiya doirasida poytaxtimizning 30 ming gektardan ortiq hududi, mavze va daharlardagi qabristonlar, anchadan buyon qarovsiz bo`lgan ichki ko`chalar, ariqlar hazonlar, turli shox-shabbalar hamda boshqa turdagi chiqindilardan tozalanadi, daraxtlarga shakl beriladi. 
Tungi paytda talab darajasida yoritilmaydigan joylarga qo`shimcha yoritish vositalari o`rnatiladi. Poytaxtimiz tom ma`noda sarishta, obod va fayzli shaharga aylanadi.

Bu ishlar uchun shahrimizdagi tegishli boshqarmalardan maxsus texnikalar jalb etiladi.

Yig`ilishda Toshkent shahar hokimi o`rinbosari B. Raxmankulov shahar ishchi guruhi rahbari etib tayinlandi. 

Shuningdek, har bir hudud uchun mas`ul sifatida belgilangan rahbar ish sifati, samaradorligini nazorat qilib boradi hamda ishlar yakunlangandagi natijani qayd etib oladi va bundan keyingi sarishtaligiga bevosita javobgar hisoblanadi.

Bunday aksiyalarni keyinchalik davomli o`tkazib borish va Toshkentni eng go`zal, sarishta va obod shaharga aylantirish ko`zda tutilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1