1

Respublikamiz bo`ylab 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan sport musobaqalari bo`lib o`tadi

Jamiyat 03.01.2020, 15:41
Respublikamiz bo`ylab 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan sport musobaqalari bo`lib o`tadi

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “Bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo o`z oilasi, Vatani hamda xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir”, deb bejiz aytmaganlar.

Mustaqil O`zbekistonning ertangi kelajagi, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yo`lida kechayu-kunduz tinmay xizmat qiladigan kasb egalari – bu Vatan himoyachilari, mard o`g`lonlarimiz hisoblanadi.

Ona Vatanning har bir qarich eri muqaddasdir. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog`ini ko`zlariga to`tiyo aylagan, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olishgan.

O`zbekiston istiqlolga erishgan ilk davrda, ya`ni 1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida muhim tarixiy hujjat imzolandi. Respublika Oliy Kengashining “O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o`quv muassasalari to`g`risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O`zbekiston tasarrufiga o`tkazildi.

1993 yil 29 dekabrda esa 14 yanvar yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” deb e`lon qilindi. Shu kundan boshlab ushbu sana yurtimizda keng nishonlanib keladi. Ushbu sanaga bag`ishlab mamlakatimizning barcha hududlarida turli ommaviy-madaniy tadbirlar hamda sport musobaqalari o`tkazib kelinadi.

Bu yil ham Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha harbiy qismlar va harbiy muassasalarda 3-13 yanvar kunlari iqtidorli sportchilar ishtirokida davra suhbatlari, master-klasslar hamda sport musobaqalari tashkil etiladi.

Jumladan, Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyiga tashrif hamda joylardagi harbiy qismlar va bilim yurtlarida sportning tosh ko`tarish, basketbol, boks, dzyudo, kurash, voleybol, futbol, sambo, regbi va engil atletika turlari bo`yicha musobaqalar o`tkazilishi belgilangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1