1

Bo`stonliqda oqibati o`lim bilan tugagan YTH sodir bo`ldi

Jamiyat 03.01.2020, 15:52
Bo`stonliqda oqibati o`lim bilan tugagan YTH  sodir bo`ldi

Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida 1 yanvar kuni soat 19:00larda oqibati o`lim bilan tugagan yo`l-transport hodisasi ro`y berdi.

Haydovchi N.A. «Spark» rusumli avtomashinasini «Bektemir –Chorbog`» 4R-12 yo`lining 67-kilometrida haydab ketayotib, piyodalar – uy bekasi X.R. va turmush o`rtog`i K.R. hamda o`g`li R.T.ni urib yuborgan.

Natijada X.R. voqea joyida vafot etgan. K.R. va R.T. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1