1

Qo`lbola paqildoq o`quvchining o`limiga sabab bo`ldi

Jamiyat 03.01.2020, 18:33
Teglar: paqildoq, halokat
Qo`lbola paqildoq o`quvchining o`limiga sabab bo`ldi

Joriy yilning 1 yanvar kuni Toshkent viloyatida bolalarning o`yinqaroqligi tufayli 8 sinf o`quvchisi halok bo`ldi. Bu haqda Tergov departamenti ma`lum qildi.

Ma`lum bo`lishicha, 1 yanvar kuni taxminan soat 16:30 larda fuqarolar 20 yoshli X.E., S.A. va B.M.lar bir guruh bo`lishib, Chinoz tumani, Sarbozor ko`chasida 60 sm uzunlikdagi temir truba ichiga qo`l bola usulda magma va oltingugurt aralashmasini joylashtirib, yoqishgan. Temir truba 8-sinf maktab o`quvchisi S.G`.ga borib tegishi oqibatida u tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Afsuski S.G`.ga ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1–moddasi 3-qismi “v” bandi (odam o`lishiga sabab bo`lgan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1