1

Shahrisabzda kafe boshqaruvchisi o`z ishchisining otasi tomonidan pichoqlandi

Jinoyat 03.01.2020, 21:24
Shahrisabzda kafe boshqaruvchisi o`z ishchisining otasi tomonidan pichoqlandi

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining habariga ko`ra, joriy yilning 2 yanvar kuni taxminan soat 18-30 larda 63 yoshli Q.Z. Shahrisabz shahar Ipak yo`li ko`chasida joylashgan kafelarning birida ish boshqaruvchi fuqaro 45 yoshli O.J. bilan o`zaro shu kafeda ishlovchi Q.Z.ning o`g`li I.Z.ning ishga chiqmasligi masalasida tortishib qolib, O.J. uni uyatli so`zlar bilan haqorat qilganligi sababli oshxona pichog`i bilan O.J.ning qorin sohasiga tan jarohati etkazgan.

Natijada O.J. og`ir tan jarohatlari bilan Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasining travmatologiya bo`limiga yotqizilgan. Hodisa joyini ko`zdan kechirish jarayonida, bir dona oshxona pichog`i va qonga o`xshash dog`lar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Q.Z.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1