1

Jo`natmani egasiga etkazmasdan xarjlab yuborgan kirakash javobgarlikka tortildi

Jinoyat 03.01.2020, 22:33
Jo`natmani egasiga etkazmasdan xarjlab yuborgan kirakash javobgarlikka tortildi

G`ijduvon tumanida yashovchi M.R “Toshkent-Buxoro” yo`nalishida kirakashlik bilan shug`ullanuvchi hamqishlog`i A.T.ga ukasi M.A.ga etkazishi uchun 13.650.000 so`m pullarni bergan. A.T esa ushbu pullarni egasiga etkazmasdan, o`z ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Shuningdek, Qorako`l tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan M.J Toshkent shahrida joylashgan “Otchopar” buyum bozori avtoturargohida Qorako`l tumanida yashovchi, 1994 yilda tug`ilgan A.F.ning ishonchiga kirib, o`zining “Cobalt” rusumli avtomashinasida Toshkent shahridan Qorako`l tumaniga yo`lovchilarni tashib kirakashlik qilishini aytib, 15.000 so`m evaziga 2.000.000 so`m pullarni qisqa vaqtlar ichida A.F.ning onasiga etkazib berishini aytib olib, ushbu olingan pullarni uning onasiga olib borib bermasdan, o`zining ehtiyojlari uchun ishlatgan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.J.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan qo`shimcha ayb e`lon qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1