1

To`qnashuv natijasida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 04.01.2020, 10:54
To`qnashuv natijasida “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi vafot etdi

2020 yil 2 yanvar kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati Chortoq tumani hududidan o`tgan 4R-117 “To`raqrg`on-Namangan-Chortoq-Laskidon” avtomobil yo`lining 45-km.da avtohalokat yuz berdi. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Haydovchi Namangan shahrida yashovchi, 1969 yilda tug`ilgan  M.B. “LASETTI” rusumli avtomobilini boshqarayotib, rul boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan S.R. boshqaruvidagi “NEKSIYa” rusumli avtomobil bilan to`qnashuv sodir etgan.

Natijada “NEKSIYa” rusumli avtomobil haydovchisi S.R. tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1