Buxoro. 2020 yil 02 yanvar kuni taxminan soat 18:10 larda 26 yoshli F.N. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasini Peshko` tumani “Jongeldi” MFY hududidan o`tgan 4R-61-sonli avtomobil yo`li bo`ylab, A-380-sonli xalqaro avtomobil yo`li tomon boshqarib kelayotgan vaqtida, boshqaruvni yo`qotib, yo`lning o`ng tomonida to`xtab turgan haydovchi 24 yoshli D.Q.ning boshqaruvida bo`lgan “Cobalt” rusumli avtomashinaning orqa qismiga borib urishi oqibatida yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada, haydovchi F.N.ning boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashina yo`lovchilari 49 yoshli G`.O. va 43 yoshli D.J.(ayol)lar olgan tan jarohatlari oqibatida xodisa sodir bo`lgan joyda vafot etishgan. Bundan tashqari, yo`lovchi 26 yoshli I.I. olgan tan jarohatlari bilan Gazli shaharchasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Peshko` tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a”bandi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyati ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






