AsosiyJamiyat

Prokuratura Madina Muxtorovaning farzandi holati bo`yicha jinoyat ishi ochdi

'Prokuratura Madina Muxtorovaning farzandi holati bo`yicha jinoyat ishi ochdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha ijtimoiy tarmoqlarda akasi va uning xotini tomonidan ayovsiz kaltaklangan bola haqida video tarqalgan edi. Keyinchalik bu bola aktrisa Madina Muxtorovaning farzandi ekanligi ma`lum bo`ldi.

Ayni paytdagi ma`lumotga ko`ra, Yunusobod tumani prokuraturasi 13 yoshli bolaning kaltaklanishi holati yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Bu haqda 4 yanvar kuni bo`lib o`tgan brifingda Yunusobod tumani prokurori Habibulla Mirsoatov ma`lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz».

Uning so`zlarisha ko`ra, ish 4 yanvar kuni, Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (sog`liqning qisqa vaqt, ya`ni 6 kundan ortiq, ammo 21 kundan ko`p bo`lmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo`lmagan muddatga yo`qotilishiga sabab bo`lgan qasddan badanga engil shikast etkazish)ga asosan qo`zg`atilgan.

«Jabrlanuvchi shikoyat qilmagan bo`lsa-da, Jinoyat-prosessual kodeksining 325-moddasiga asosan, prokuror jinoyat ishini qo`zg`atishga vakolatli. Biz sud-tibbiy ekspertiza xulosasi oldik va bugun Yunusobod tuman prokuraturasi jinoyat ishi ochdi, tergov harakatlari olib borilmoqda», — dedi Habibulla Mirsoatov.

Eslatib o`tamiz, 

Toshkentda o`smir akasi va kelinoyisi tomonidan doimiy kaltaklanmoqda. Jabrdiyda mashhur aktrisaning farzandi ekanligi aytilmoqda (video)

 

Aktrisa Madina Muxtorovaning kaltaklangan o`g`li atrofidagi shov-shuvlar: Kimning gapi rost?

 

Madina Muxtorovaning qarindoshi haqiqatni ochib tashladi: kaltaklangan bola yana zulm ostida murojaat qilgan, aktrisa esa izsiz yo`qolgan (video)

    Boshqa yangiliklar