AsosiyJinoyat

Jizzaxda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi

'Jizzaxda "Kaptiva" haydovchisi YPX xodimini kaltakladi'ning rasmi

Jizzax viloyati Jizzax shahrida YPX inspetori kaltaklandi. 

2019 yil 31 dekabr kuni tungi soat 23:00 larda I. Karimov ko`chasida yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan "Kaptiva"ni YPX inspektori to`xtatgan. Uni 1988 yilda tug`ilgan B.B. boshqarayotgan bo`lgan. Inspektor haydovchining mastligini aniqlash maqsadida uni tibbiy tekshiruvga olib borgan. Natijada haydovchining mastligi aniqlangan. Shundan so`ng xodim holat yuzasidan bayonnomani rasmiylashtirayotganda B.B. inspektorni do`pposlab, haqoratlab so`kkan. Xodimga shifoxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan. B.B. esa IIBga topshirilgan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar