Nishon tumanida 13 yoshli maktab o`quvchisi 16 yoshli maktab o`quvchisini pichoqlab, yaraladi.
2020 yil 4 yanvar kuni soat 12:00 lar atrofida sodir bo`lgan.
— 2006 yilda tug`ilgan va ayni kunda Toshkent shahrida yashovchi A.B. tumandagi maktablarning birida o`quvchi 2003 yilda tug`ilgan o`quvchi N.M. ni pichoqlab qo`ygan, - deydi manba. – Hozirda pichoqlangan o`quvchining ahvoli yaxshi.
Aytilishicha, 13 yoshli o`quvchi 16 yoshli o`quvchi bilan tortishib qolib, yonidagi pichoqni o`quvchining orqa chap biqiniga urib, o`pkasini shikastlagan.
Ushbu holat yuzasidan hozirda tegrov-surishtiruv jarayonlari ketmoqda.






