Markaziy Saylov Komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish yuzasidan MSK raisi Mirzo Ulug`bek Abdusalomov ishtirokida brifing o`tkazildi.
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha 25 ta saylov okrugida takroriy ovoz berish bo`lib o`tadi. 1730 ta saylov uchastkasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga takroriy ovoz berishda saylovchilar soni jami 3 148 921 kishini tashkil etadi.






