AsosiyJamiyat

Amsterdamdagi shouda 10 metr balandlikdan tushib ketgan o`zbek artislari ahvoli ma`lum qilindi

'Amsterdamdagi shouda 10 metr balandlikdan tushib ketgan o`zbek artislari ahvoli ma`lum qilindi'ning rasmi

Xabaringiz bor, Niderlandiyada bo`lib o`tgan Butunjahon rojdestvo shousida o`zbekistonlik artistlar 10 metr balandlikdan tushib ketgan edi. Ayni paytda ularning ahvoli borasida TIV Konsullik-huquqiy departamenti qo`shimcha axborot berdi.

Mamlakatimizning Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasi 2020-yil 3-yanvar kuni Amsterdam shahrida (Niderlandiya) sirk shousidagi o`z chiqishi chog`ida 10 metr balandlikdan qulab tushgan akrobatlar, O`zbekiston fuqarolari Kristina Vorobyeva va Rustem Osmanov Amsterdam Medical Center tibbiyot majmuasiga yotqizilganligini xabar qildi.

Vaziyat Elchixona nazoratiga olingan. Zarur yordamni ko`rsatish uchun Konsullik bo`limi xodimi Amsterdam shahriga jo`nab ketdi. Kristina Vorobeva ikki bor operasiya qilindi va uchinchi jarrohlik amaliyotini o`tkazish masalasi hal qilinmoqda. Turmush o`rtog`i Rustem Osmanovning sog`ligi barqaror deb baholanmoqda.

    Boshqa yangiliklar