AsosiyJamiyat

Parkentda "Kumushkon" turizm qishlog`i tashkil etiladi

'Parkentda "Kumushkon" turizm qishlog`i tashkil etiladi'ning rasmi

Parkent tumanidagi turizm qishlog`i “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to`g`risida”gi Hukumat qaroriga asosan tashkil etilmoqda. 

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida ma`lum qilindi.

Qaror bilan “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi hamda “Kumushkon” turizm qishlog`ini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

“Oltin halqa” turizm konsepsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat”,  - deyiladi hujjatda.

Ayni damda qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha amalga oshiriladigan investisiya loyihalarining manzilli ro`yxati tasdiqlan. Unga ko`ra 45 ta investisiya loyihalari amalga oshirilib, 1523 ta yangi ish o`rni yaratilishi ko`zda tutilgan. 

Boshqa yangiliklar