AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimligi poytaxt hududini kengaytirish rejasini ma`lum qildi

'Toshkent shahar hokimligi poytaxt hududini kengaytirish rejasini ma`lum qildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi yaqin vaqt ichida poytaxt ma`muriy chegarasi kengaytirilishi rejalashtirilayotgani haqida ma`lumot berdi, deb yozadi  Daryo.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri doimiy ravishda rivojlanib, uning hududida yangi infratuzilma va ijtimoiy ob`ektlar paydo bo`lmoqda, yangi turar joy massivlari va majmualari qurilmoqda, poytaxt aholisi ham ortib bormoqda.

«Aholi turmush sifatini yaxshilash, shahar qiyofasini zamonaviy talablarga javob beradigan arxitektura va shaharsozlik echimlari bilan boyitish, shuningdek, Toshkent viloyatining ayrim chegara tumanlarida yangi ob`ektlar qurilishi tufayli Toshkentda vaqti-vaqti bilan ma`muriy chegaralarni kengaytirish talab etiladi», — deyiladi xabarda.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yil 1 oktyabr holatiga shaharning doimiy aholisi soni 2 554 900 kishini tashkil etgan. Kadastr bo`linmasi ma`lumotiga ko`ra, hozirda shaharning umumiy maydoni 33 500 gektar yoki 334 km2 ni tashkil qilmoqda.

Boshqa yangiliklar