AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi jurnal tashkil etiladi

'O`zbekistonda yangi jurnal tashkil etiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining “Baxshi” jurnali tahririyatini tashkil etish to`g`risidagi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi. 

Hujjatga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining “Baxshi” jurnali tahririyati tashkil etish etiladi. 

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Fanlar akademiyasi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan jurnal tahririyatini muassislari etib belgilanadi.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda jurnalning Nizomini ishlab chiqadi va davlat ro`yxatidan o`tkazadi.

Shuningdek, jurnal tahririyatida faoliyat yuritayotgan xodimlar mehnatiga haq to`lash va tahririyat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi bo`yicha ham topshiriqlar belgilab berilgan. 

Jurnal tahririyati bosh muharriri Madaniyat vaziri tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.

    Boshqa yangiliklar