Bugun, 6 yanvar kuni Yashnobod tumani, «Olmos» MFY hududidan o`tuvchi o`rta bosimli gaz quvurlarida ta`mirlash ishlarolib borilishi munosabati bilan, «Olmos» MFY hududidagi 58a xarbiylar uyining (49ta 5 qavatli) jami 2200 ta xonadoni, «Olmos» mahalla kesimidagi jami 700 ta aholi va ulgurji gaz iste`molchilari, shuningdek, Qibray tumani Turob Nurmuxammedov hamda 93/908-son xarbiy qismga yo`naltirilgan gaz quvurlariga soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatilishini ma`lum qilamiz.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
«Hududgazta`minot» AJ ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi, — deyiladi «Hududgazta`minot» AJ matbuot xizmati xabarida






