AsosiyJamiyat

Kecha tunda Yunusobodda ona va uning 3 yoshli qizi is gazidan zaharlanib, vafot etdi

'Kecha tunda Yunusobodda ona va uning 3 yoshli qizi is gazidan zaharlanib, vafot etdi'ning rasmi

Toshkentda is gazidan zaharlanish qayd etildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 5 yanvar kuni soat 22:10 larda Yunusobod tumani, Bobodehqon mahallasida yashovchi N.I. (1987 y.t.) va uning farzandi D.T. (22.03.2017 y.t.) uyining yuvinish xonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etganlar.

Ayni paytda, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar