1

Andijonda uch nafar ayol is gazidan zaharlanib, tirik qoldi

Jamiyat 06.01.2020, 10:37
Andijonda uch nafar ayol is gazidan zaharlanib, tirik qoldi

5 yanvar kuni soat 07:00 larda Andijon shahri, Andijon mahallasidagi “Halol luqma” MChJda ishlovchi Sh.N. (2001 y.t.), D.N. (2001 y.t.) va D.M.lar (2000 y.t.) is gazidan zaharlanib, shifoxonaga murojaat qilganlar.

Hodisa MChJga qarashli bo`lgan dam olish xonada uxlab yotgan vaqtlarida, xonaga o`rnatilgan isitish moslamasidagi gaz o`chib yonganligi natijasida sodir bo`lgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1