1

Rektorlar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi

Jamiyat 06.01.2020, 11:57
Rektorlar Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurishdi

O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri boshchiligida respublikamizdagi oliy ta`lim muassasasi rektorlari va xorijiy oliy ta`lim muassasi filiallari direktorlari xamda malaka oshirish tarmok markazlari direktorlari bilan birgalikda poytaxtimizda o`z faoliyatini boshlagan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko`rishdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi farmoyishi bilan tashkil etilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o`zbek tili va adabiyotini, badiiy ijod sirlarini chuqur o`rganishga ixtisoslashgan.

Maktabda yaratilgan sharoitlar hozirgi zamon talabiga mos kelishiga, o`quvchilarning ta`lim-tarbiya olishi uchun hamma sharoitlar yaratilganligiga yana bir bor amin bo`lishdi. Sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar va o`quv anjomlari bilan ta`minlangan. Maktab kutubxonasidagi adabiy asarlar, badiiy adabiyotlar xamda ochiq va yopiq sport zallarida bolalar sport to`garaklariga qatnashishi, salomatligini mustahkamlashi uchun qulayliklar tashrifchilarda chuqur ta`surot qoldirdi.

Shu kunning o`zidayoq guruh a`zolari yana bir yangi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab bilan ham tanishishdi.

Delegasiya bu erda ilg`or o`quv dasturi uchun xonalar va shart-sharoitlardan tashqari innovasion metodlardan foydalangan holda fakultativ darslarni o`tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligiga guvoh bo`lishdi. Shuningdek guruh a`zolari axborot texnologiyalariga ba-ishlangan maxsus sinflari bilan ham tanishib chiqishdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1