Ma`lumki, 220 kVli «Taxiatosh» issiqlik elektr stansiyasidan «Xorazm» podstansiyasi orqali «Sarimoy» aholi yashash punktigacha elektr uzatish tarmog`ini qurish investision loyihasi amalga oshirilmoqda.
Shu bois, ishlarni xavfsiz amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida joriy yilning 7-8 yanvar kunlari elektr energiyasi ta`minotida qisqa muddatli uzilishlar bo`ladi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova Darakchi.uz nashriga.
Ma`lumot uchun, mazkur loyiha Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiiy ahamiyatga ega ob`ektlar, kichik va o`rta biznes hamda sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta`minlashni kafolatlash uchun xizmat qiladi.






