AsosiyJamiyat

Qo`rg`ontepalik otalar jinoiy javobgarlikka tortildi

'Qo`rg`ontepalik otalar jinoiy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Aliment to`lamay yurgan otalar jinoiy javobgarlikka tortildi, deya ma`lum qildi “darakchi.uz”ga MIB.

Unga ko`ra, fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining 06.10.2016 yildagi sud buyrug`iga asosan qarzdor D.Yakubovdan undiruvchi A.Yusupova foydasiga 3 nafar voyaga etmagan farzandlari moddiy ta`minoti uchun har oy topgan ish haqi va boshqa daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan edi. 

Biroq, D.Yakubov aliment pullarini to`lashdan bo`yin tovlaganligi sababli, Majburiy ijro byurosi Qo`rg`ontepa tuman bo`limi xodimlari tomonidan Qo`rg`ontepa tuman ma`muriy sudiga kiritilgan taqdimnomaga binoan qarzdor D.Yakubovga nisbatan 11.10.2019 yilda O`zbekiston  Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-4-modasiga asosan 15 kunlik ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Bundan xulosa chiqarmagan D.Yakubov belgilangan jazosini o`tab bo`lgandan so`ng ham alimentdan bo`lgan qarzdorligini to`lamay yurgan. Natijada hozirgi kunga qadar 25 mln 839 ming 16 so`m aliment qarzdorligi to`lanmagan.

Shuningdek, Jumladan, fuqarolik ishlari bo`yicha 06.10.2016 yil kungi sud buyrug`iga asosan A.Raxmanovdan undiruvchi M.Raxmonova foydasiga 2 nafar farzandlari voyaga etguniga qadar aliment to`lab borishi belgilangan.

Farzandlarini moddiy ta`minlashdan qasddan bo`yin tovlab kelgan A.Raxmanov 03.07.2019 yilda Qo`rg`ontepa tuman ma`muriy sudi tomonidan ma`muriy javobgarlikka tortilgan bo`lishiga qaramasdan ikki oydan ortiq vaqt davomida aliment pullarini to`lamay kelgan. Natijada aliment qarzdorligi jami 23 mln 480 ming 245 so`mni tashkil etgan. 

Qayd etilgan holatlar yuzasidan, Majburiy ijro byurosi Qo`rg`ontepa tuman bo`limi tomonidan qarzdor otalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar