AsosiyJamiyat

Toshkentda xorijga yuborishni va`da qilib, millionlarni o`zlashtirgan mansabdorlar fosh etildi

'Toshkentda xorijga yuborishni va`da qilib, millionlarni o`zlashtirgan mansabdorlar fosh etildi'ning rasmi

Xorijiy davlatlarda ish bilan ta`minlash evaziga fuqarolarning 51 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ mansabdor shaxslari bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan ta`minlash evaziga jami 51 500 AQSh dollarini qo`lga kiritgan.

Biroq, ularni ish bilan ta`minlamasdan pul mablag`larini o`zlashtirib yuborganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan “I.X.Bandlik Agentligi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar