Bugun, 19:00 da Energosistemada avariyali uzilish kuzatildi. Yuqori kuchlanishli 110 kVli elektr tarmog`larida Sistemalararo yuklamani engillashtirish II-bosqich avtomatikasi (UON)da avariyali uzilish sodir bo`lgan.
Natijada, viloyatning Rishton, Buvayda, Yozyovon, Toshloq, Beshariq, Furqat, Qo`shtepa hamda Farg`ona tumanlari ayrim hududlarida vaqtincha elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
“Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ushbu avariyali uzilish holatini bartaraf etish bo`yicha barcha chora-tadbirlar ko`rmoqda. Vujudga kelgan avariyali uzilish tafsilotlari to`g`risida keyinroq batafsil ma`lumot beriladi.






