Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog` hududida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining birinchi bosqichida 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, ko`ngilochar o`yingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi.
Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi.
Bu haqda bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv chog`ida ma`lum qilindi.






