AsosiyJamiyat

Buxorodagi Tumaris konida yangi quduq ishga qo`shildi

'Buxorodagi Tumaris konida yangi quduq ishga qo`shildi'ning rasmi

"O`zbekneftgaz" matbuot xizmatining xabar berishicha, 11 yanvar kuni  Buxoro viloyati Romitan tumanida joylashgan Tumaris konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga qo`shilib, sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.  

Hozirgi kunda  kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.  

Tumaris konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali iste`molchilarga etkazib berilmoqda.

    Boshqa yangiliklar