Ijtimoiy tarmoqlarda “Bir necha kishi zo`rlangani gumon qilinayotgan 15 yashar qiz 6 oylik homilasidan ajradi” sarvlaha ostida chop etilgan maqola yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Aniqlanishicha, Koson tumani tug`ruq kompleksi tomonidan 09.01.2019 yil soat 00:30 larda voyaga etmagan S.Bning 21 haftalik xomilasi tushganligi haqida ma`lum qilingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida so`ralgan
S.B o`z tushuntirishida 05.09.2019 yil “Arabxona” mahallasidan o`tuvchi yo`lda “Behruz” deb tanishtirgan shaxs avtomashinasiga mindirib, uni yaxshi ko`rishini aytib, shu atrofdagi uyiga olib borib kiyimlarini majburan echib nomusiga tekkanligini, qo`rqib qolgani sababli ushbu holat yuzasidan xech kimga murojaat qilmaganligini bildirgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida “Behruz” deb tanishtirgan shaxs “Arabxona” mahallasida yashovchi S.Q ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 118-moddasi 3-qismi
“a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari Koson tumani IIB TB tomonidan olib borilmoqda.






