Xabaringiz bor, sal avval Samarqandda bir necha o`nlab mashinalar ishtirokida YTH sodir bo`lgan edi. Ayni paytda mazkur YTH yuzasidan ma`lumotlar taqdim etildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmatiga tayanib, ZarNews.uz ma`lum qildi.
Keltirilishicha, bugun, 13 yanvar kuni soat 13:20 larda Nurobod tumani hududidan o`tuvchi A-378 avtomobil yo`lining 19 kilometrida “Qarshi-Samarqand” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Qozog`iston Respublikasi Olmaota viloyatida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan haydovchi Ponomarev Sergey Aleksandrovich boshqaruvidagi “M-Bens” rusumli KZ 835 BRA05 davlat raqam belgili yuk avtomashinasini KZ 99HNA 05 davlat raqam belgili yarim tirkamasining orqa qismiga Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani O`lmas qishlog`ida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan haydovchi Bobomurod Erdanov boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli 70R 486 KA davlat raqam belgili avtomashina old qismi bilan urilib yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH oqibatida “Neksiya-2” rusumli 70R 486 KA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi B.Erdanov va yo`lovchilar - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani O`lmas qishlog`ida yashovchilar, 1956 yilda tug`ilgan Nazira Hasanova, 1982 yilda tug`ilgan Qahramon Boymirzaev, 2004 yilda tug`ilgan Ra`no Chorievalar tan jarohatlari olib, RShTYoIM Samarqand filialiga murojaat qilishgan.
Haydovchi B.Erdonov “o`ng bilak sohasini sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yo`lovchi N.Hasanova “ko`krak qafasi yopiq shikastlanishi, ko`plab qovurg`a suyaklarining sinishi” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Yo`lovchilari Q.Boymirzaev va R.Chorievalar “badanining turli sohalari yumshoq to`qimalari lati eyishi va shilinmalar” tashxisi qo`yilib, uyiga javob berilgan.
2020 yil 13 yanvar kuni mazkur yo`l-transport hodisasi Nurobod tumani IIB navbatchilik qismining Shakl-2 kitobiga 26 raqami bilan qayd qilingan.
Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu yo`l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olib vafot etgan shaxslar aniqlanmadi.
Ushbu xalqaro ahamiyatga ega A-378 “Samarqand-G`uzor” avtomobil yo`lining 0-57 kilometrlari Samarqand viloyati hududidan o`tgan bo`lib, ushbu yo`lga Bog`ishamol yo`llardan muntazam foydalanish unitar korxonasi (direktori A.Hasanov) tomonidan xizmat ko`rsatiladi.






