Opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to`g`risida Vazirlar Mahkamasi qarori muhokama uchun qo`yildi.
Unga ko`ra, Nukus shahrida opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.
Maktab-internat O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi hisoblanadi va 2021/2022 o`quv yilida maktab-internatning 8 va 9-sinflariga, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab esa — 8-sinfiga 25 nafardan o`quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
Shunga ko`ra, 2021 yil 1 avgustga qadar maktab-internatining bino va inshootlarini foydalanishga topshirilishi belgilanmoqda.






