Bugun 14 yanvar — vatan himoyachilari kuni.
O`zbekiston mustaqilligining ilk yillarida, 1992 yil 14 yanvar kuni davlatimiz tarixida bir muhim tadbirga qo`l urilgan. Respublika Oliy Kengashining “O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o`quv muassasalari to`g`risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O`zbekiston tasarrufiga o`tkazildi.
Birinchi prezidentimiz tashabbusiga asosan qabul qilingan mazkur hujjat armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqilishiga yo`l ochdi.
1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda “ Vatan himoyachilari kuni” deb e`lon qilindi.
Bu yil O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni yanada katta tantana bilan Respublika bo`ylab nishonlanmoqda.
Biz ham tahririyatimiz nomidan O`zbekistonning har bir vatan himoyachisi va oila qalqoni bo`lgan mard yigitlarimizni chin qalbimizdan tabriklab qolamiz.






