AsosiyJamiyat

Chinozda mast erkak xotinini pichoqlab o`ldirdi, keyin esa o`ziga to`rt marta pichoq sanchdi

'Chinozda mast erkak xotinini pichoqlab o`ldirdi, keyin esa o`ziga to`rt marta pichoq sanchdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida er-xotinning janjali ayolning o`limi bilan yakunlandi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Aniqlanishicha, kecha, 13 yanvar kuni, soat 03:00 larda Chinoz tumani, Tinchlik mahallasida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan Yu.A. mast holatda rafiqasi, 1978 yila tug`ilgan L.A. bilan o`zaro janjallashib qoladi. 

Vaziyat jiddiy tus olib, erkak oshxona pichog`i bilan rafiqasining chap orqa ko`krak qafasi sohasi va bel sohasi chap yonbosh qismiga urib, qasddan o`ldirgan.

Shundan so`ng, Yu.A. o`zining chap qo`l bilak sohasini kesib, qorin sohasi o`ng tomon pastki qismiga to`rt marotaba pichoq bilan sanchib, joniga suiqasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Yu.Abkadirovga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ayni paytda u ushlangan.

    Boshqa yangiliklar