AsosiyJamiyat

Sessiyalarda hech qanday syurpriz bo`lmadi

'Sessiyalarda hech qanday syurpriz bo`lmadi'ning rasmi

Kecha xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyalari bo`lib o`tdi. Kutilganidek, hech bir syurprizsiz, sip-silliq...  

Bunday deyishimizning sababi bor, deb yozadi "Xolis fikr" kanali. Sessiya ishida tashkiliy - viloyat hokimlarini tasdiqlash masalasi ham ko`rilgan. Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisligiga ham, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga ham amaldagi rahbarlar qayta tasdiqlandi. Biror o`zgarish kuzatilmadi. Aytgancha, bitta yangilik bor. Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev haqiqiy hokimga aylandi.

Sessiya tafsilotlarida keltirilishicha, yangi tarkibdagi deputatlar hokimlikka taklif etilgan nomzodlarni bir ovozdan ma`qullashdi. Birortasida qarshi ovozlar ham, betaraflik ham bo`lmagan. Demak, so`kong`ich, qurishdan ham buzishga usta rahbarlarga yana bir marta imkoniyat berilibdi... 

Darvoqe, katta ehtimol bilan tuman va shaharlar hokimlari ham o`z kursisida qoladi. 

Boshqa yangiliklar