AsosiyJamiyat

“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” direktori Dilnozxon Maqsudova qamoqqa olindi

'“Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” direktori Dilnozxon Maqsudova qamoqqa olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan “Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining"Darakchi.uz" nashriga xabar berishicha, markaz direktori Dilnozxon Maqsudova Saidkamalovna Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan akusher va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida o`tkazilgan o`rganishda, markaz mansabdor shaxslari so`nggi 2 yilda 15,3 mlrd. so`m, shu jumladan, pullik xizmatdan tushgan 13,2 mlrd. so`m naqd pul bankka topshirmasdan hamda xodimlarning 1,1 mlrd. so`m ish haqi tarqatmasdan, o`zlashtirilganligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, markazning 5 nafar mansabdor shaxslari qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar