AsosiyJamiyat

Davlat o`q-gilzotekasi tashkil etiladi

'Davlat o`q-gilzotekasi tashkil etiladi'ning rasmi

Joriy yilning 10 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining “Davlat o`q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qarori qabul qilindi.

Davlat o`q-gilzotekasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.

Qarorga ko`ra, Davlat o`q-gilzotekasi vazifalariga quyidagilar kiradi:

o`g`irlangan soyli stvolli o`qotar qurolni qidirish;

bir necha jinoyatlarni sodir etishda bitta yoki shu nusxadagi soyli stvolli o`qotar qurol ishlatilganligi holatlarini aniqlash;

jinoyatni sodir etishda fuqaroviy va xizmat, aniqlangan, olingan yoki ixtiyoriy topshirilgan soyli stvolli o`qotar quroldan foydalanilganligi holatini aniqlash.

Nizom qoidalari jangovar o`qotar qurollarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Davlat o`q-gilzotekasi ma`lumotlar bazasi kalibri 11,56 mm.dan ortiq bo`lmagan soyli stvolli o`qotar qurolning izlari bo`lgan o`q, gilza va patronlardan shakllantiriladi.

Quyidagilar Davlat o`q-gilzotekasida tekshirishdan o`tkazilishi shart:

aniqlangan, olingan yoki ixtiyoriy topshirilgan soyli stvolli o`qotar qurol;

soyli stvollari almashtiriladigan yoki joylashtiriladigan silliq stvolli ov quroli;

kombinasiyalangan ov quroli;

hodisa joyini ko`zdan kechirishda olingan, soyli stvolli o`qotar qurol izlari bo`lgan o`q, gilza va patronlar.

    Boshqa yangiliklar