O`zbekistonlik ziyoratchilarni muqaddas Umra safariga yuborish bo`yicha “O`zbekiston havo yo`llari” MAK bilan hamkorlikda har kuni 3 tadan reys yo`lga qo`yilishi belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita xabar berdi.
Umra safari bo`yicha mavjud kvota batamom olib tashlanib, 2019 yil 10 dekabrdan e`tiboran har kuni 2 tadan reys yo`lga qo`yilgan edi. Hozirda har kuni qariyb 500 ga yaqin o`zbekistonliklar Umra ziyoratiga jo`nab ketmoqda.
Statistik ma`lumotlarga qaraganda 2019 yil 14 noyabrdan to bugungi kungacha 21 mingdan ortiq yurtdoshimiz Umra ibodatlarini ado etib qaytgan.
Shu bilan birga ayni paytda Umraga kuniga 3 tadan reys yo`lga qo`yilishi bo`yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Bunda har kuni 700 dan ortiq yurtdoshimizni umraga jo`natish ko`zda tutilgan”, deyiladi qo`mita xabarida.