AsosiyJamiyat

Yakkasaroy tumanida sodir bo`lgan yong`inda 78 yoshli erkak xalok bo`ldi

'Yakkasaroy tumanida sodir bo`lgan yong`inda 78 yoshli erkak xalok bo`ldi'ning rasmi

14 yanvar kuni soat 03:10da, Yakkasaroy tumani, Shota Rustavli ko`chasi 30-uy 12-xonadonda uy jixozlari 2 kv.m. maydonida yongan.  

Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 03:15da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 03:33da bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida 78 yoshli erkak kishi xalok bo`lgan.

Yong`in mast holda sigareta chekishda ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 3 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.

Toshkent shahar FVB yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishni so`rab qoladi.

    Boshqa yangiliklar