1

Nariman Grigoryanning o`limi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Jinoyat 14.01.2020, 20:37
Nariman Grigoryanning o`limi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Avval xabar berganimizdek, bugun mashhur dizayner Nariman Grigoryan o`ldirib ketilgandi. Bu haqdagi ilk xabar Facebook'dagi "Uzbfashion" sahifasida  paydo bo`ldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabarni tasdiqlagandi. 

Hozirgina O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz nashriga xabar berishicha, 2020 yil 14 yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unga ko`ra, Yashnobod tumani, Chigil ko`chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan, ushbu xonadonda ijarada  istiqomat qilib kelgan 1985 yilda tug`ilgan A.N. (Nariman Grigoryan)ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga olinib, malakali tergovchilaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko`rilmoqda.

Natijasi haqida qo`shimcha axborot berilishi ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1