AsosiyJamiyat
3160

Namanganda “Neksiya” 30 kishini olib kelayotgan “ISUZI”ga urildi. Qurbon bor

'Namanganda “Neksiya” 30 kishini olib kelayotgan “ISUZI”ga urildi. Qurbon bor'ning rasmi

2020 yil 14 yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Olmurut mahallasi hududidan o`tgan “Namangan-Uychi-Uchqo`rg`on” avtomobil yo`lining 22-kilometrida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan M.N ishonch qog`ozi bilan shu tumanda yashovchi 1946 yilda tug`ilgan M.M.ga tegishli “NEKSIYa” rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Uchqo`rg`on tumanida yashovchi  1965 yilda tug`ilgan M.A boshqaruvidagi (Namangan-Uchqo`rg`on yo`nalishida qatnovchi, avtobus salonida 30 nafar yo`lovchisi bo`lgan) “ISUZI” avtobusi bilan to`qnashuv sodir etgan.Natijada: “NEKSIYa” avtomobili yo`lovchisi Uchqo`rg`on shahrida yashagan, 1960 yilda tug`ilgan A.M. voqea joyida halok bo`lgan.

Haydovchi N.M hamda yo`lovchilari Uchqo`rg`on shahrida yashovchi, 1985 yilda tug`ilgan A.L va Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan X.Xlar olgan tan jarohatlari bilan kasalxonasiga yotqizilgan.

Shuningdek “ISUZI” avtobusining 11 nafar yo`lovchilariga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilib, uylariga javob berilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar