2020 yilning 7-8 yanvar kunlari "O`zbekneftgaz" AJ "Jizzax neft bazasi" va “Sirdaryo neftbazasi” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarida korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, sanoat xodimlari o`rtasida korrupsiyaga qarshi munosabatni shakllantirish borasida jamiyatning Yuridik departamenti tomonidan sayyor seminar o`tkazildi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Seminarda "Jizzax neft bazasi" va “Sirdaryo neftbazasi” mas`uliyati cheklangan jamiyatlarining rahbarlari, bo`lim boshliqlari, bosh buxgalterlar, neft mahsulotlari etkazib berish mutaxassislari, shuningdek, fermerlarga yoqilg`i tarqatish shaxobchalarining barcha katta operatorlari ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar va Adliya boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Adliya boshqarmasining mas`ul xodimlari ham qatnashdi.
“O`zbekneftgaz” AJ Yuridik departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limi mutaxassislari O`zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va “O`zbekneftgaz” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish lokal hujjatlari, korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy qilishning maqsad va vazifalari haqida batafsil tushuntirishlar berishdi.
O`z navbatida, Jizzax viloyati ichki ishlar va Adliya boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati prokuraturasi va Adliya boshqarmasi rasmiylari korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo komissiya, korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ ekanligi ta`kidlandi.
Seminarda ta`lim va sog`liqni saqlash sohasida mavjud korrupsiya holatlari, rejalashtirilgan jinoyatlar haqida xabar bergan shaxslarning rag`batlantirilishi haqida ma`lumotlar berildi va ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashishda faol bo`lishga chaqirildi.
Shu bilan birga, seminarda birinchi marta soha xodimlarining korrupsiya haqidagi fikrlarini o`rganish uchun anonim so`rov o`tkazildi. Ushbu so`rov natijalaridan korrupsiya xavfini kamaytirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqishda foydalaniladi.






