AsosiyJamiyat

Mast haydovchi yo`l chetida savdo qilib turgan ayolning hayotdan ko`z yumishiga sababchi bo`ldi

'Mast haydovchi yo`l chetida savdo qilib turgan ayolning hayotdan ko`z yumishiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

15-yanvar kuni soat 01:55 da 102 raqamiga Shayxontohur tumanida ro`y bergan yo`l-transport hodisasi to`g`risida xabar kelib tushgan. 

Lutfiy va Nurafshon ko`chalari kesishmasida 28 yoshli Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi Murodjon A. VAZ-2107 rusumli avtomobilni (davlat raqami 10 N 019 MA) tegishli ruxsatnomasiz mast holatda boshqarib, boshqaruvni bajara olmasdan yo`l chetiga chiqib ketgan va yo`l chetida savdo qilib turgan 56 yoshli Dilfuza V.ni urib yuborgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga etkazildi, ammo unga ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, olingan jarohatlar sababli hayotdan ko`z yumdi. 

Hozirgi vaqtda ushbu fakt bo`yicha Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar