“Chorsu” mehmonxona majmuasi davlat aktivlarini sotishda inson omilini kamaytirish, jarayonlarning shaffofligini ta`minlash maqsadida elektron onlayn savdolarga chiqarilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma`lum qildi.
Boshlang`ich narxi 1 so`m. Auksionning har bir bosqichi 100 mln. so`m.
Sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 mln AQSh dollarga teng ekvivalentda investisiyalar kiritishi, uch yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etishi hamda 150 ta yangi ish o`rni yaratishi lozim.
Hurmatli tadbirkorlar!
Savdo paytida sizning huquqlaringiz buzilsa Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (0371) 259-21-37, 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingizni so`raymiz, deyiladi agentlik xabarida.






